Farrux xamrayev
更新时间:2025-04-02 21:51:05
文件格式:flac
Ko'cha Sovuq - Farrux xamrayev
Lyrics by:Farrux Xamrayev
Composed by:Farrux Xamrayev
Ko'cha sovuq
Qorong'u tunda yana
Ko'zlarimga uyqu kelmagan
Har kungi holatimdan pushaymonman
Sodda yuragim qiynalar
Sababi yana yolg'izlik
Sog'inch bilan har
Kuni tinmay kurashish
Lekin gohida yengilib
Dardimni ichga yutib
Sevilmagan yurakning
Tilka-pora holatidan achinish
Bunday vaziyat endi menga begonamas
Nega yorim yonimdamas
Axir ko'ngil berib sevish gunoh emas
Nega o'zga bag'riga intilib
Meni unutib ketding go'zalim
Hatto bergan va'dalaring unutib
Sevgimni kamsitib Qalbimni o'ksitib
Xuddi oramizda hech qanday
Iliq munosabat bo'lmaganday
Ko'zlar ko'zlarga tushmaganday
Qo'llar qo'llarga tegmaganday
Ketasan o'zgalarning
Molu-davlati tomona
Yuragimdan Yuragimdan ko'zlarimdan ko'zlarimdan
So'zlarimdan so'zlarimdan
Nechun ketarsan Nechun ketarsan
Yuragimdan Yuragimdan ko'zlarimdan ko'zlarimdan
So'zlarimdan so'zlarimdan
Nechun ketarsan ketarsan
Men seni sog'inganda qaydan topay seni
Qalb seni soginganda qaydan izlay seni
Ayrildimmi nahot endi jonim sendan
Ne xato o'tdi ayt bilolmadim mendan
Yuragimdan ko'zlarimdan so'zlarimdan
Nechun ketarsan
Men seni sog'inganda qaydan topay seni
Qalb seni soginganda qaydan izlay seni
Yuragimdan ko'zlarimdan so'zlarimdan
Qayga ketarsan
Nega endi sevgani sevganiga sevilmas
Bir umr bu hayotda ular nega birgamas
Manimcha bir inson bir
Insonga ko'ngil bersa
O'sha insondan boshqasi
Ko'ziga kurinmas
A bizlarda nega unaqa holat bo'lmadi
Man tanlaganim negadir mani tanlamadi
Molu-davlat mandan
Shunchalik ustun bo'ldimi
U bevafo chin sevgimning
Qadriga yetmadi
Sovuqdan qaltiragan yuzlarimga bir qara
Sog'inchdan paydo bo'ldi
Yuragimda bir yara
Senga intilishdan bormikan endi samara
Qalbimda oqqan qorlarim
Ham endi qop qora
Ko'rinmaydi ko'zlarimga
Quyosh kulgan kunduz
Qora bulutlar atrofida ko'rinmas yulduz
Oy qayg'uradi ko'rib
Holimni kecha-kunduz
Ne kulfatlarga solding
Meni befavo afsus
Yuragimdan Yuragimdan ko'zlarimdan ko'zlarimdan
So'zlarimdan so'zlarimdan
Nechun ketarsan Nechun ketarsan
Yuragimdan Yuragimdan ko'zlarimdan ko'zlarimdan
So'zlarimdan so'zlarimdan
Nechun ketarsan Nechun ketarsan