Bekatlar - Ulug'bek Rahmatullayev&Shahzoda

Ulug'bek Rahmatullayev

专辑:《Yonimda》

更新时间:2025-03-30 00:27:46

文件格式:flac

网盘下载

Bekatlar - Ulug'bek Rahmatullayev&Shahzoda 歌词

Bekatlar - Ulug'bek Rahmatullayev

Lyrics by:Ulug'bek Rahmatullayev

Composed by:Ulug'bek Rahmatullayev

Umr uzun yo'l bekatlari mo'l

Biri nurafshon birida soya

Navqiron do'stim o'zing o'ylab ko'r

Senga qadrdon ne maqsad g'oya

Bor shunday bekat etguvchi sarson

Bekorchilarga manzil-u makon

Sen bu bekatda to'xtasang agar

Umring adog'i afsus pushaymon

Keyingi bekat ne bo'lar keyin

Ertangi hayot emasdir o'yin

Kamol topmasang o'qib o'rganib

Keyin o'rningni topmog'ing qiyin

Bor shunday bekat borlig'i yorug'

Ilm-u hunarga hikmatga to'liq

Navqiron do'stim senga shu yo'l mos

Qalbing to'rida maqsading ulug'

Yana bir bekat o'yinlar aro

Vaqtni boy berma aldanma aslo

Qolib ketsang gar ushbu bekatda

Seni xorlikka etar mubtalo

Bor shunday bekat etguvchi sarson

Bekorchilarga manzil-u makon

Sen bu bekatda to'xtasang agar

Umring adog'i afsus pushaymon

Keyingi bekat ne bo'lar keyin

Ertangi hayot emasdir o'yin

Kamol topmasang o'qib o'rganib

Keyin o'rningni topmog'ing qiyin

Bor shunday bekat-borlig'i yorug'

Ilm-u hunarga hikmatga to'liq

Navqiron do'stim senga shu yo'l mos

Qalbing to'rida maqsading ulug'