Jayra - Shohjahon Jorayev
Dildoralar dilim poralar
Ishq dardiga bormi choralar
Bevafo ul yuzi qoralar
Jayra-jayra ko'ksimda yayra
Bordir tig'ing bordir tikoning
Ayon erur yaxshi yomoning
Bag'rim bo'lsa edi makoning
Jayra jayra ko'ksimda yayra
Suyanganimg'ayir tosh bo'lsa
Suyukligim unsiz yosh to'ksa
Yor deb mangu ko'zda yosh bo'lsa
Man jayra ko'ksimda yayra
Silliqqina ilondan ko'ra
Kel bag'rimga nayzali jayra
Ochiq oydin jonimni so'ra
Jayra jayra ko'ksimda yayra
Sen bir dunyo men o'zga olam
Lek jimgina tinglarsan nolam
Nishlaringdan qochsin qo'rqib g'am
Jayra jayra ko'ksimda yayra
Yor jonimda balqqan hiloldir
Oniy yolg'on asriy zavoldir
Sening nayzang maysa misoldir
Jayra jayra ko'ksimda yayra
Suyanganimg'ayir tosh bo'lsa
Suyukligim unsiz yosh to'ksa
Yor deb mangu ko'zda yosh bo'lsa
Man jayra ko'ksimda yayra
Silliqqina ilondan ko'ra
Kel bag'rimga nayzali jayra
Ochiq oydin jonimni so'ra
Jayra jayra ko'ksimda yayra
Silliqqina ilondan ko'ra
Kel bag'rimga nayzali jayra
Ochiq oydin jonimni so'ra
Jayra ko'ksimda yayra