Ona - Shohruhxon
Lyrics by:Iqbol Mirzo
Composed by:Iqbol Mirzo
O'tadi kun o'tadi tun o'tadi oy-yil
Qalbim hamon mehrga moyil
Do'stu-yorim yaqinlarim yaxshi kunimda
Yonimdasiz hamisha qoyil
Kim uchun suyunib kim uchun yana kuyunib
Kunlarim osuda chog'ida
Xayollarga tolaman dilga savol solaman
Yana o'ylanib qolaman goh-gohida
Kim mani jonimga kuyar
Dardimni dardiday tuyar
Kim mani jonidan suyar onamdek
Kim mani borimga ko'nar
Bergan ozorimga ko'nar
Tunlari boshimda tunar onamdek
Har ko'chada yurmadim berdi Xudo omadim
Ming bor shukr har bir kunimga
Qoqilmadim sinmadim ortimga chekinmadim
Hamma keldi birin-ketin yonimga
Ko'pdir menga parvonalar yaqinimu begonalar
Barchasi qadrdonlarim
Ishlarim joy-joyida yorim tengsiz chiroyida
Keldi manga davru-davronlarim
Kim mani jonimga kuyar
Dardimni dardiday tuyar
Kim mani jonidan suyar onamdek
Kim mani borimga ko'nar
Bergan ozorimga ko'nar
Tunlari boshimda tunar onamdek
Kim mani jonimga kuyar
Dardimni dardiday tuyar
Kim mani jonidan suyar onamdek
Kim mani borimga ko'nar
Bergan ozorimga ko'nar
Tunlari boshimda tunar onamdek