Yonimda bo'lsang - Rayhon
Lyrics by:Rayhon Ganiyeva
Composed by:Rayhon Ganiyeva
Yulduzlari to'kilib qolgan
Osmoningni yoritay
Ming bir kecha sevgi haqida
Ertaklarni aytay
Oq kemada dengizlarni
Oshib kelgin men tomonga
Nigohlarim aldamas
Ko'zlarimga ishon
Gar sen yonimda bo'lmasang
Agar sen yonimda bo'lmasang
Kerak emas menga dunyo
Yulduzlarsiz nurli samo
Gar sen yonimda bo'lsang
Agar sen yonimda bo'lsang
Doim baxtni his qilaman
Muhabbat neligin bilaman
Sening har bir tabassumingga
Hayotimni baxsh etay
Gullar ochgan bahorlarga
Men seni olib ketay ketay
Bu dunyoda baxtimni men
Ko'zlaringda ko'rdim faqat
Qalbimdagi bu tuyg'u
Atalar muhabbat
Gar sen yonimda bo'lmasang
Agar sen yonimda bo'lmasang
Kerak emas menga dunyo
Yulduzlarsiz nurli samo
Gar sen yonimda bo'lsang
Agar sen yonimda bo'lsang
Doim baxtni his qilaman
Muhabbat neligin bilaman
Oh ooooh ooooh
Gar sen yonimda bo'lmasang
Agar sen yonimda bo'lmasang
Kerak emas menga dunyo
Yulduzlarsiz nurli samo
Gar sen yonimda bo'lsang
Agar sen yonimda bo'lsang
Doim baxtni his qilaman
Muhabbat neligin bilaman